Qarg‘ish uchun javobgarlik belgilangani rad etildi 

Jamiyat 19:03 / 05.12.2023 18215

O‘zbekistonda qarg‘ish uchun javobgarlik belgilanmaydi, bunday normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda «qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda» mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan. 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda qarg‘ish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani, jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga (Haqorat qilish) qarg‘ish bandi kiritilgani, unga ko‘ra 7 million so‘m jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosi nazarda tutilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: