Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanallarga ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi
Barcha ichimlik suv ta’minoti korxonalarida sifat monitoringi yuritiladi va ma’lumotlarni boshqarish markazlari yaratiladi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
2025 yilda tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida:
- 1 ming kilometr kanallarni beton qoplamaga o‘tkazib, suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 1,6 million gektarga yetkazish hisobiga yiliga qo‘shimcha 2,5 milliard metr kub suvni tejashga erishilishi;
- nasos stansiyalarida eskirgan nasos va elektr dvigatellarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirish, suv resurslari hisobini takomillashtirish orqali nasos stansiyalarining elektr energiya iste’moli 300 mln kVtgacha kamaytirilishi;
- irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanishi;
- sarflanayotgan suvning hisobi va hisoboti to‘liq yuritilishini ta’minlash maqsadida magistral kanallar va muhim suv obektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimi joriy etilishi;
- 1,8 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarini, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlari qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi;
- ichimlik suv tizimida ma’nan eskirgan 746 ta nasos uskunalari energiya tejamkorlariga almashtirilishi, hududlarda 65,2 Megavatt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilishi, suv inshootlari va magistral suv tarmoqlariga 955 ta zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi;
- barcha ichimlik suv ta’minoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va ma’lumotlarni boshqarish markazlari yaratilishi;
- daryolar, ko‘llar va kanallarga turli ifloslantiruvchi moddalarning tashlanishi ustidan nazorat kuchaytirilishi ta’minlanadi.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib tegishincha suv xo‘jaligi vaziri — Sh.Hamroyev, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri — Sh.Hidoyatov, energetika vaziri — J.Mirzamahmudov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri — A. Abduhakimov belgilanadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
G‘azoda ocharchilik boshlanmoqda – IPC hisoboti
Jahon | 17:23
-
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45
-
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi
Jahon | 16:37
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi

08:26 / 16.04.2025
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

11:44 / 11.03.2025