O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalar tashkil qilinishi mumkin

O‘zbekiston 14:57 / 14.09.2024 1393

Safar davomida delegatsiya a’zolari Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ho‘l meva va sabzavotlarni ushbu mamlakatga eksport qilish hamda agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalarni tashkil qilish bo‘yicha grantlarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: