Astraxanda Rosgvardiya jangchilari otib ketildi. Bosqinchilar yo‘q qilindi

Foto: "Moskva" axborot agentligi / Kirill Zykov
Rossiyaning Astraxanida noma'lum kimsalar avtomobildan Rosgvardiyaning 3 xodimini o‘qqa tutdilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlar hujumga uchragan vaqtlarida bundan avvalroq Astraxanda ikki politsiyachi o‘ldirilishiga aloqador bo‘lganlarni qidirayotgan bo‘lganlar.
"Ikki politsiyachini o‘ldirishda ayblanayotganlarni qidirish tadbiri davomida postlar qo‘yib chiqilgan bo‘lgan. Lenin tumanidagi shunday postlardan birida Rosgvardiyaning uch jangchisi yaralandi. Taxminlarcha, bosqinchilar 3 kishi bo‘lgan, ular avtomobil ichidan o‘q uzishgan. Ulardan biri o‘ldirilgan", deyildi xabarda.
Yaralangan jangchilardan 2 nafari ahvollari og‘ir deya baholanmoqda. Voqea yuz bergan tuman qurshab olingan.
"Rosgvardiyaning 2 yaralangan jangchisi jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda, yana bir jangchi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limiga tushgan", deyilgan xabarda.
Rossiya ichki ishlar vazirligida bu bosqinchilar avvalroq o‘ldirib ketilgan politsiyachilarning qotillari bo‘lishi mumkinligi aytildi.
Politsiyachilarga hujum 4 aprelga o‘tar kechasi sodir etilgan. Yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirishga kelgan politsiyachilar bir guruh noma'lum kimsalar tomondan otib tashlanganlar.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, jangchilarga hujum qilganlikda gumon qilingan 4 bosqinchi yo‘q qilindi.
"Astraxanda politsiyachilarni o‘ldirishda gumon qilinganlardan biri Rosgvardiya postiga hujum vaqtida yo‘q qilingan, yana biri orqasidan yaralangandan keyin o‘lgan, yana ikki nafar bosqinchi qurshab olingandan so‘ng bartaraf etilgan. Ularning barchasi politsiyachilarni o‘ldirish ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Rosgvardiya jangchilari orasida yo‘qotishlar yo‘q", deb ma'lum qilindi huquq-tartibot idoralarida.
Mavzuga oid

12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi

11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi

09:10 / 04.11.2024
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi

11:30 / 16.05.2024