Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi

Jahon 08:10 / 04.11.2024 17406

Moskva harbiy sudi Rossiya gvardiyasi moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari, general-mayor Mirza Mirzayevni poraxo‘rlik ishi bo‘yicha hibsga oldi. Bu haqda TASS Rossiya davlat axborot agentligi 3 noyabr, yakshanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar berdi. Mirzayev 2025 yilning 2 yanvarigacha hibsda saqlanadi.

Rossiya xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Mirzayev yig‘ma binolar uchun modul yetkazib beruvchidan 140 million rubl talab qilgan. Aks holda, general yetkazib beruvchiga 480 million rubllik shartnomani bekor qilish bilan tahdid qilgan. Mash yozishicha, kompaniya Mirzayevga vositachi orqali pul o‘tkazib bergan, keyinchalik u ham qo‘lga olingan.

Sentyabr oyi oxirida Rossiya harbiy sudi Rossiya gvardiyasi aviatsiya-texnik xizmatining sobiq rahbari, polkovnik Oleg Gamayunovni hibsga oldi. U juda katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda, deb yozadi RBK. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gamayunov budjet mablag‘larini o‘g‘irlash uchun yaratilgan uyushgan jinoiy guruhning bir qismi bo‘lgan, dedi Davlat dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari Aleksandr Xinshteyn.

Ko‘proq yangiliklar: