Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkent viloyati va shahridagi 46 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi” – Ekologiya vazirligi
Havosini ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash davomida Toshkent viloyati va shahrining 6 tumanidagi 486 ta issiqxona o‘rganildi. 37 ta issiqxona egasiga ma’muriy jarima qo‘llangan va 46 ta issiqxona faoliyati to‘xtatilgan. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Ekologiya vazirligi
16-17 yanvar kunlari Toshkent shahri havosida ifloslanish ortgani ortidan davlat Ekologik nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘linmalar Toshkent viloyati va shahridagi 486 ta issiqxonalarda o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
O‘rganish davomida Zangiota, Qibray, Toshkent tumanlari, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir, Olmazor tumanlaridagi issiqxonalarning 440 tasi faoliyat yuritayotgani, 46 ta issiqxona (Zangiota tumanida 16 ta, Qibray tumanida 10 ta, Toshkent tumanida 4 ta, Yunusobod tumanida 11 ta, M.Ulug‘bek tumanida 5 ta) mavsumiy bo‘lgani, ya’ni qozonxonasi yo‘qligi sababli ishlamayotgani aniqlangan.
Vazirlikka ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab 9 ta nuqtadan havoning ifloslanishi bo‘yicha ko‘chma laboratoriya orqali THAYda Eshonguzar aholi yashash punktidan Toshkent Pediatriya tibbiyot institutigacha bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasi tahlil qilingan. Natijada PM2,5 va PM10 ifloslantiruvchi moddalar miqdori 0,05 mgdan 540 mggacha ortib ketgani aniqlangan.
“Dudbo‘rondan foydalanish qoidalarini buzgan jami 37 ta issiqxona egalariga ma’muriy jarimalar qo‘llandi, 46 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi, 426 ta issiqxona egalari ekologik talablarga javob beradigan chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, rezina qoldiqlari va boshqa chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanmaslik yuzasidan ogohlantirildi. Nazorat tadbirlari davom etyapti”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

13:53 / 10.07.2025