Jamiyat | 21:08 / 24.08.2016
10294
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada chiqindixonada yarim million yevro topib olindi

Polshaning Kolobjyega shahri chiqindixonasi xodimlari eski changyutgich ichida yarim million yevro topib olishdi, deb ma'lum qildi Kaliningraddagi polyak madaniyat markazi.

"Kolobjyegadagi chiqindixona xodimlari o‘zlarini bir onga haqiqiy millionerlar deb his qilishdi. Ular chiqindilar uyumida zlotiy va yevro qog‘oz pullari dastalarini ko‘rib qolishgan. Bu hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ularning qiymati yarim million yevrogachani tashkil qilgan bo‘lishi mumkin", deyilmoqda xabarda. 

Chiqindixona xodimlarining aytishicha, pullar dinamik va changyutgich ichiga yashirib qo‘yilgan bo‘lgan va chiqindixonadagi transportirovkalash tasmasida sochilib ketgan. Ishchilar bu haqda politsiyaga xabar berishgandan keyin pullar ulardan olingan.

TVN24.pl’ning yozishicha, pullarning egasi Kolobjyegada yashovchi ayol bo‘lgan. Ayol voqea joyida pullarni yashirgan joyi haqida aytib bergach, pullar unga qaytarilgan.

 

Mavzuga oid