Vladimir Norov Polshaga tashrif buyurdi 

O‘zbekiston 07:53 / 02.12.2022 2661

30 noyabr-3 dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Lodz (Polsha) shahriga tashrif buyuradi.

Tadbirda YeXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlik dolzarb masalalari va tashkilot faoliyati ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: