Moskva musulmonlari enaga tomonidan o‘ldirilgan qizcha ota-onasiga pul yig‘dilar

Foto: Moskva musulmonlar diniy boshqarmasi
5 martda Moskva masjidlari va musulmon ummati markazlarida juma namozidan keyin enagasi tomonidan vahshiy o‘ldirilgan qizchaning ota-onasiga pul yig‘a boshlandi. Ko‘pchilik dindorlar Moskva musulmonlar diniy boshqarmasining bu tashabbusiga xayrixohlik bildirdilar, biroq boshqarma yig‘ilgan pulning umumiy qiymatini aytishni istamadi.
Pullar 4 ta jome' masjidi va masjidi bo‘lmagan 7 ta markazda yig‘ildi. Barcha to‘plangan pullar qizchaning ota-onasiga topshiriladi.
Moskva musulmonlar diniy boshqarmasining muftiysi Ildar Alyautdinov bu aksiyani "bir oila va qalbining tubigacha hayratlangan Rossiya jamiyatining musibat oldidagi diniy birdamligi ramzi" bo‘ldi, deb aytdi. Imom "ham insoniylik, ham din nuqtai nazaridan barcha chegaralardan tashqariga chiquvchi bu vahshiy qotillikni islom diniga mansub odam tomonidan amalga oshirilganidan" afsusdaligini aytdi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi 4 martda qizchaning qotili, o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulovaga ushbu jinoyat yuzasidan rasman ayblovni e'lon qildi.
Mavzuga oid

14:52 / 24.03.2025
Toshkentda yosh qizaloqni muttasil kaltaklab kelgan enaga ozodlikdan mahrum qilindi

13:52 / 05.01.2025
Farg‘onada bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi

08:36 / 22.06.2023