Murmanskda noma’lum shaxs ko‘p qavatli uyning tomidan o‘t ochdi
Murmanskda noma’lum shaxs to‘qqiz qavatli binoning tomidan o‘q uzdi. Qo‘lga olinganidan keyin unga nisbatan huquq-tartibot organi xodimining hayotiga suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Telegram / murmansk_chp
Murmanskdagi to‘qqiz qavatli uyning tomidan noma’lum shaxs o‘t ochdi. Bu haqda 30 mart, yakshanba kuni kechqurun mahalliy OAV, Telegram kanallari va huquq-tartibot idoralari xabar berdi. «Interfaks» agentligining tergovga tayanib yozishicha, otishma sodir etgan shaxs 1981 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro bo‘lib chiqqan.
Murmansk viloyati Tergov qo‘mitasi o‘zining Telegram-kanalida erkak patrul va qo‘riqlash xizmati ekipajiga qarata o‘t ochgani va hujum chog‘ida «zararsizlantirilgan»ini ma’lum qildi. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, otishma natijasida hech kim jabrlanmagan.
TASS axborot agentligining favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berishicha, otishmachi og‘ir yaralangan, biroq tirik qolgan. SHOT Telegram kanalining aniqlik kiritishicha, otishmani boshlagan shaxs muzokaralarga kirishmagan va uyning tomini yoqib yuborish niyatida bo‘lgan, buning uchun unga benzin sepgan.
Mazkur shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 317-moddasi - huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining hayotiga suiqasd qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U o‘n ikki yildan bir umrgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

19:46 / 09.03.2025
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

22:26 / 02.03.2025
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi

00:59 / 08.02.2025
Bryusselda bir haftada ichida to‘rtinchi otishma yuz berdi

10:51 / 05.02.2025