Bryusselda bir haftada ichida to‘rtinchi otishga yuz berdi

Jahon 01:00 581

Belgiya poytaxti hududiga kiruvchi Peterbos kommunasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kommuna meri Fabris Kumps ma’lum qildi, deb yozadi The Brussels Times.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishma Peterbosdagi turar-joy majmuasining 14-bloki yaqinida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan fuqaroning shaxsi hozircha aniqlanmagan, holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda, hodisa joyida tergov sudyalari va kriminalist ekspertlar ishlayapti.

Bu Bryusselda uch kun ichida sodir bo‘lgan to‘rtinchi otishma. Politsiya mazkur holatlar narkoto‘dalar o‘rtasidagi kurash bilan bog‘liqligini istisno etmayapti.

Vaziyat keskinlashgani fonida Belgiya ichki ishlar va adliya vazirlari Bryusseldagi politsiyachilar shayligi kuchaytirilishi hamda noqonuniy qurol savdosiga qarshi kurash faollashtirilishini e’lon qildi.

Andrelaxt meri federal hukumatdan jinoiy to‘dalarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha resurslar taqdim etishni so‘radi. Bryusselda yildan yilga giyohvand moddalar savdosi va unga bog‘liq otishmalar ortib bormoqda, ammo bu turdagi jinoiy faoliyat o‘tgan yildan boshlab yanada kuchaygan.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Shvetsiya markaziy qismida, poytaxt Stokholmdan 200 km g‘arbdagi Erebru shahrida bolalar maktabi bilan yonma-yon joylashgan katta yoshlilar uchun o‘quv markazida otishma ro‘y bergan va hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: