O‘zbekiston | 15:00 / 07.03.2025
4336
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

30/30/30 aksiyasi, 30 aprel, 30 soniya va 30 ta aviachipta!

Migratsiya agentligi 30/30/30 aksiyasini e’lon qildi. Endi Rossiyada faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz 30 aprel sanasigacha davom etadigan legalizatsiya jarayonlarida bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yurtdoshlarimiz huquqiy maqomini tartibga solib, patent olish jarayonlaridan qanday o‘tganini 30 soniya ichida videoselfi orqali tushunarli tarzda yoritib, ko‘pchilik bilan baham ko‘radi. Olingan videoni o‘z Instagram sahifasiga #LEGALIZATSIYA30 xeshtegi bilan Migratsiya agentligini belgilagan holda joylashtiradi. Yoki @LEGALIZATSIYA30bot Telegram botiga videoselfi shaklida yuborishi ham mumkin.

Jarayonni ta’sirli shaklda ifodalab bergan 30 nafar hamyurtimizga o‘zlari uchun qulay vaqtda Rossiyadan O‘zbekistonga kelishi uchun Migratsiya agentligi aviachipta olib beradi.

Unutmang, hujjatlaringizni qonuniylashtirish uchun muddat 2025 yil 30 aprelga qadar berilgan! Video foydali bo‘lishi uchun barcha tanishlaringizga ulashing!

Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid