2024 yilda xorijdan 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi - Migratsiya agentligi

O‘zbekiston 12:18 1131

17 yanvar kuni AOKA Migratsiya agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan rasmiylar qancha muhojirlarning jasadi O‘zbekistonga qaytarilgani haqidagi savolga javob berdi.

«2024 yilda 483 nafar fuqaroning jasadi Migratsiya agentligi tomonidan O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi, qayerdan olib kelinishiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, Rossiyadan 1000 dollargacha, Angliya davlatidan 4-5 ming dollargacha xarajat bo‘ladi. Agar Yaponiya yoki Koreya bo‘lsa, 9 ming dollargacha pul mablag‘i ketadi.

Fuqarolarimizning jasadini qaytarishda kim orqali ketganining farqi yo‘q. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, bo‘ldi, murojaat qilinsa vatanga qaytarib olib kelinadi», — dedi agentlik boshqarma boshlig‘i Nigora Isroilova.

Gazeta.uz'ning aniqlik kiritishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonga qaytarilgan 483 jasadning 474 tasi Rossiyadan, 5 tasi Turkiyadan, 4 tasi Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. 

Ko‘proq yangiliklar: