Sport | 10:41 / 22.02.2025
7442
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga assotsiatsiya a’zolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qo‘mitasi a’zolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi.

Assotsiatsiya Ustavining  30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Qurbonov nomzodi ilgari surildi.

Assotsiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.

Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustaviga muvofiq, 2025 yil 22 fevral kuni O‘FA prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tishicha, DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov nomzodi assotsiatsiya prezidentligiga ilgari surilayotgani xabar qilingandi.

Yanvar oxirlarida DXX sobiq raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimidan ketgandi. Uning vazifalarini O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bajarib kelayotgan edi.

Mavzuga oid