Anhor va Navro‘z bog‘lari qayta qurilmaydi - Qurilish vazirligi
So‘nggi kunlarda Toshkent aholisi va blogerlar bir necha kun avval internetda paydo bo‘lgan Anhor bog‘i hududida joylashgan ko‘p qavatli majmua loyihasining vizualizatsiyasidan xavotir bildirishdi. Faol fuqarolar bog‘ hududida qurilish ishlari olib borilishiga qarshi imzo to‘plashni boshladi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, bog‘lar hududida hech qanday qurilish ko‘zda tutilmagan.
"Ayni paytda Anhor va Navro‘z bog‘lari hududida turar joy binolari qurilishi uchun hech qanday kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud emas. Bugungi kunda bog‘ o‘z holicha qolmoqda va hech qanday qurilish rejalashtirilmagan", - deb ta’kidladi O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizxon Usmonov.
" Anhor Evolution” kompaniyasi direktori Aziz Sharafutdinov ham bog‘lar faoliyatida hech qanday o‘zgarishlar rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. Ushbu kompaniya Anhor va Navro‘z bog‘larini boshqaradi:
“Ko‘pchilik ijarachilar bilan 2025 yil oxirigacha, ayrimlari bilan esa 2026 yilgacha amalda bo‘lgan shartnomalarimiz bor. Hech kim hech narsani buzishni rejalashtirmayapti, bog‘larning ish rejimida o‘zgarishlar yo‘q. To‘g‘ri, “Anhor” savdo markazida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Lekin bu bino bog‘lar tarkibiga kirmaydi, u xususiy shaxslarga tegishli”.
Shahar aholisini xavotirga solgan vaziyat internetda Golden House kompaniyasiga tegishli bo‘lgan kelajakdagi loyihaning vizualizatsiyasi paydo bo‘lishi tufayli yuzaga keldi. Developer ham o‘z saytida rasmiy izoh berdi:
“Orient Group Management kompaniyasi Golden House developeri ham, Oriyent guruhning boshqa kompaniyalari ham ushbu loyihani amalga oshirishni yoki xabarda ta’kidlangan maydonchada qurilishni rejalashtirmaganini ma’lum qiladi. Internetda tarqatilgan vizualizatsiya 2024 yilda kompaniyadan ketgan Golden House sobiq xodimining ichki taqdimotidan olingan. Bundan tashqari, turli loyihalar muntazam ravishda kompaniyalar va tashqi hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ishchi guruhlarga taqdim etiladi, yakunda ularning hammasi ham ma’qullanavermaydi.
Orient Group Management kompaniyasi Anhor bog‘i hududida joylashgan “Anhor” savdo markaziga bo‘lgan mulk huquqini boshqa xususiy kompaniyaga o‘tkazish niyatida va faqat ushbu maydonchada, savdo markazi hududi bilan chegaralangan holda, boshqa kompaniya tomonidan yangi bino quriladi”, deb ma’lum qildi Golden House bosh direktori Vladimir Kalina.
Mavzuga oid

18:44 / 24.12.2024
Qurilish vazirligiga shaharsozlik normalariga zid hujjatlarni bekor qilish vakolati berildi

14:56 / 26.07.2024
Anhor bog‘ida rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi

18:00 / 17.07.2024
«Trest 12»ga tendersiz loyihalar, bajarilmagan va’da va “yengilmagan” korrupsiya – Botir Zokirovning 5 yili

08:39 / 06.12.2023