Qurilish vazirligiga shaharsozlik normalariga zid hujjatlarni bekor qilish vakolati berildi
Vazirlik qoshida nizolarni sudga qadar hal etish komissiyasi tashkil etildi. U yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida shaharsozlikka oid qator hujjatlarni o‘rganadi. Shaharsozlik normalariga zid, noqonuniy hujjatlarni bekor qilish vakolatiga ega. Bu jarayon avval sud orqali amalga oshirilgan va u uzoq vaqt davom etgan. Bu tizim haqida Qurilish vazirligi mas’uli Azamat Xolmo‘minov Kun.uz'ga ma’lumot berdi.

Vazirlar Mahkamasi 2024 yil 12 avgustda “Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni qabul qilgan. Unga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha idoralararo komissiya faoliyat boshladi.
Mazkur komissiyaga shaharsozlikka oid hujjatlarni bevosita o‘rganish va qaror qabul qilish vakolatlari berildi. Bunda komissiya arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi qarori, hududiy boshqarmalar huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi organi xulosasi, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hududiy inspeksiya ruxsatnomasi kabi qator hujjatlarning qonuniyligini tekshiradi.
“Masalan, hududiy boshqarma yoki tuman qurilish bo‘limi ma’lum bir obektni qurish uchun ruxsatnoma bergan bo‘lishi mumkin. Lekin ushbu ruxsatnoma ma’lum bir sabablarga ko‘ra shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchiligimizga mos kelmaydi, xususan, hududdagi aholi roziligini olmagan holda berilgandir. Bunday hollarda, komissiya ruxsatnoma yoki xulosani bekor qiladi”, — deydi Qurilish vazirligi davlat arxitektura nazorati boshqarmasi boshlig‘i Azamat Xolmo‘minov.
Komissiya butun respublika bo‘ylab ishlaydi. Komissiya qarori bilan hujjat, agar qonunchilikka muvofiq bo‘lmasa, bekor qilinadi, agar to‘g‘ri bo‘lsa, ijroga qaytariladi.
Shaharsozlikka doir ruxsat berish bo‘yicha hujjatlar nizolari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar vazirlikning rasmiy sayti orqali yoki yozma va og‘zaki shaklda murojaat qilishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 13:02
-
YeI Ukraina qurollari uchun Rossiya daromadlaridan 1 mlrd yevro ajratadi
Jahon | 13:01
-
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:28
-
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:18
Mavzuga oid

17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

16:10 / 05.05.2025
Toshkentdagi Qo‘yliq bozori yopilmasligi ma’lum qilindi

20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi

18:29 / 26.03.2025