Endi shaharsozlik qonunchiligining odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda buzilishi jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi
25 mart kuni qabul qilingan hujjat bilan, qonunchilikka zid ravishda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, shaharsozlik sohasida qoidabuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi. O‘zgarishlar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Foto: Kun.uz
25 mart kuni imzolangan qonun bilan odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar berildi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek, binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bunda jinoiy javobgarlik aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortib bo‘linganidan keyin yuzaga keladi. Odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan tarzda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoyat jinoiy kiritilmoqda.
Shuningdek, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek, ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks esa loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan ko‘rsatmalarini buyurtmachilar tomonidan bajarmaganlik, shuningdek, obektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.
Shuningdek, shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.
Qonun matni va Jinoyat kodeksiga kiritilgan aniq moddalar hozircha e’lon qilinmagan. Adliya vazirligiga ko‘ra, qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

16:10 / 05.05.2025
Toshkentdagi Qo‘yliq bozori yopilmasligi ma’lum qilindi

20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi

10:51 / 24.03.2025