Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
Kelgusi yillarda Fransiya poytaxti 10 mingtagacha avtoturargohlarni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda. Shaharda avtomobillar harakatini cheklash bo‘yicha ovoz berishda saylovchilarning atigi 4 foizi qatnashgan.

Foto: Abdul Saboor/REUTERS
Parij aholisi referendumda hukumatning yana 500 ta ko‘chani piyodalar ko‘chasiga aylantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Shahar meri Ann Idalgoning 24 mart, dushanbaga o‘tar kechasi xabar berishicha, ushbu masala bo‘yicha ovoz berishda ro‘yxatga olingan 1,4 millionga yaqin saylovchining atigi 4 foizi qatnashgan. Biroq ularning 66 foizi bu g‘oyani yoqlab chiqdi.
Parijning 20 ta munitsipal okrugining (arrondismanlari) har birida 25 tadan ko‘cha piyodalar uchun mo‘ljallangan qilib qo‘yilishi rejalashtirilgan – aniq qaysi biri ekani mahalliy darajada hal qilinadi. Bu masala bo‘yicha maslahatlashuvlar «yaqin haftalarda» boshlanadi, deydi shahar rasmiylari. Bundan tashqari, ushbu rejaga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida Fransiya poytaxtida 10 mingtagacha avtomobillar to‘xtash joyini yo‘q qilish rejalashtirilgan.
Idalgoning aytishicha, parijliklar referendumda shovqin va havo ifloslanishiga qarshi ovoz bergan. Shuningdek, u ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
Sotsialist merning «yashil» tashabbuslari va ularni tanqid qilish
Umuman olganda, Parijda 6 mingdan ortiq ko‘chalar mavjud, ulardan 220 ga yaqini allaqachon faqat piyodalar uchun mo‘ljallangan. Deyarli barcha avtomobil ko‘chalarida tezlik chegarasi 2021 yilda soatiga 30 kilometrgacha pasaytirildi. Maktablar yaqinida avtomashinalar harakati cheklangan.
Sotsialistik partiya vakili Ann Idalgo boshchiligida Parij bir necha yillardan beri yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish majburiyatini olgan. Idalgo ma’muriyati avtomobillar harakatini cheklashdan tashqari, velosiped yo‘llari tarmog‘ini ham kengaytirdi.
Boshqa tomondan, 2023 yilda Parijda elektr samokatlar ijarasi butunlay taqiqlangan. O‘shanda referendum ishtirokchilarining 89 foizi bu qadamni yoqlab ovoz bergan, ovoz berishda aholining atigi 7 foizi ishtirok etgan.
Konservativ muxolifat Idalgoning «yashil» tashabbuslarini tanqid qilib, ular soliq to‘lovchilarga qimmatga tushishini va avtomobillar harakatidagi cheklovlar, jumladan, savdo va favqulodda xizmatlarga to‘sqinlik qilishini ta’kidladi. Agar 2026 yilgi Parij saylovlarida konservatorlar g‘alaba qozonsa, yangi piyodalar zonalarini yaratish g‘oyasi xavf ostida qolishi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

18:29 / 26.03.2025
Endi shaharsozlik qonunchiligining odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda buzilishi jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi

23:35 / 23.03.2025
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

17:56 / 13.03.2025