Ijtimoiy tarmoqlarda 28 iyul kuni Toshkentdagi Anhor parkida osmondan lentalar yog‘ilishi haqida video tarqalgandi. Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holatni o‘rganib, nazoratga olganini ma’lum qildi. O‘rganishda parkdagi Amfiteatrda “lenta-shou” uyushtirilishi, bunda animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi, osmondan lentalar yog‘dirishi aniqlangan.
Vazirlik tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, ekologiya uchun zararli ekanini tushuntirganini ta’kidlagan va “lenta-shou” bekor qilinib, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar o‘chirtirilgan.
Vazirlik xiyobonlar, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar obektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan shoular o‘tkazmaslikka chaqirib, ekologiyaga yetkazilgan har qanday zarar uchun qonunda qat’iy jazo belgilanganini eslatgan.
Oldinroq, shaharning Ashxobod sayilgohida 20 mingta pufak (sharlar) osmondan yog‘dirilishi haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otgan edi.