O‘zbekiston | 09:43 / 21.02.2025
2403
1 daqiqa o‘qiladi

2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida ikki tup noqonuniy kesilgan daraxt evaziga 223 tup daraxt ekib berildi. 

Foto: Ekologiya boshqarmasi

Viloyat Ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, “G‘ishtmon” MFYdagi “Otalar oromgohi” hududida bir tup chinor va bir tup tol daraxtlari shu mahallaning Yangiariq ko‘chasida yashovchi fuqaro S.M. tomonidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsatnomasiz tagidan kesib yuborilgan bo‘lgan

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda jarima belgilanib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan. 

Bugun 2 tup daraxtlarni noqonuniy kesib, o‘simlik dunyosiga zarar yetkazgan fuqaro “G‘ishtmon” MFYdagi mahalla guzariga kompensatsiya sifatida 23 tup pavlovniya, 30 tup archa, 100 tup tok hamda 70 tup mevali, jami, 223 tup daraxt ko‘chatlari ekib berdi.

Mavzuga oid