Der Spiegel: Berbok yarim yil Navalniyning almashinuvini bloklagan
Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Aleksey Navalniyni yollanma qotil Vadim Krasikovga almashtirishni olti oyga to‘sib qo‘ygan, deb yozadi Der Spiegel. Almashinuvni tayyorlashda Hillari Klinton, Jon Kerri va Roman Abramovich ishtirok etgan.

Foto: GINs IVUSKANS/AFP/Getty Images
Germaniya va AQSh rasmiylari Aleksey Navalniyni yollanma qotil Vadim Krasikovga almashtirishni rejalashtirgan edi, biroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning noroziligi tufayli kelishuv uzoq muddatga kechiktirildi. Bu haqda Der Spiegel jurnali 16 fevral, yakshanba kuni muxolifat yetakchisi vafotining bir yilligi munosabati bilan chop etilgan surishtiruvda yozgan.
Berbok Navalniyning almashinuvini sekinlashtirdi
Jurnalga ko‘ra, Navalniyni chechenistonlikni o‘ldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Krasikovga almashtirish g‘oyasi ilk bor 2022 yil yozi boshida paydo bo‘lgan. Amerikaliklarni Rossiya qamoqlaridan ozod qilmoqchi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar deyarli darhol almashinuv loyihasiga qo‘shildi. Bir necha mahbuslar, jumladan Navalniy ishtirokidagi keng ko‘lamli almashinuv g‘oyasi Hillari Klinton tomonidan ilgari surilgan. Unga sobiq davlat kotibi Jon Kerri yordam berdi.
2023 yilning aprelida muxolifat yetakchisining rafiqasi Yuliya Navalnaya va siyosatchining hamkori Mariya Pevchix Berlinda Berbok bilan uchrashgan edi. Der Spiegel nashrining yozishicha, u Navalniyni Krasikovga almashtirish maqsadga muvofiqligiga shubha bildirgan va «xalqaro huquqdagi qonuniylik prinsipi»ni keltirib o‘tgan. Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Krasikovning ozod etilishi Yevropada yangi siyosiy qotilliklarga yo‘l ochishidan xavotirda edi. Shuningdek, u Navalniy ozodlikka chiqqanidan keyin Rossiyaga qaytib ketadimi yoki yo‘qmi, shuni so‘ragan. Xotini salbiy javob bergan.
Vashingtonda Berbok almashinuvni qo‘llab-quvvatlagani va kansler Olaf Shols bu jarayonni kechiktirib turganiga ishonishgan. «Amerikaliklar adashdi. Navalniyning ishini aynan Berbok sekinlashtirdi», — deya ta’kidlaydi Der Spiegel.
Mavzuga oid

09:12 / 17.02.2025
Yuliya Navalnaya eri nomidagi siyosiy mukofot haqida e’lon qildi

22:25 / 16.02.2025
Yevroittifoq: Rossiya Navalniyning advokatlari va barcha siyosiy mahbuslarni zudlik bilan ozod etishi kerak

01:03 / 14.02.2025
Parij ko‘chalaridan biriga Aleksey Navalniy nomi berildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan

10:05 / 11.02.2025