O‘zbekiston | 15:40 / 15.02.2025
2174
2 daqiqa o‘qiladi

Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining «Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i qabul qilindi.

Foto: iStock

Hujjat bilan Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati tasdiqlanmoqda. U quyidagi toifalarga turkumlangan 289 ta banddan iborat:

  • geometrik kattaliklar o‘lchash vositalari;
  • tekislikdan og‘ish interferension o‘lchash vositalari;
  • mexanik kattaliklarni o‘lchash vositalari;
  • modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini o‘lchash vositalari;
  • bosim o‘lchash, vakuumli o‘lchash vositalari;
  • moddalarning fizik-kimyoviy tarkibi va xossalarini o‘lchash vositalari;
  • issiqlik fizik va harorat o‘lchov vositalari;
  • vaqt va chastota o‘lchash vositalari;
  • elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash vositalari;
  • o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar elektr energiyasini o‘lchash vositalari;
  • radiotexnik va radioelektron o‘lchash vositalari;
  • vibroakustik o‘lchash vositalari;
  • optik va optika-fizikaviy o‘lchash vositalari;
  • yadroviy konstantalarning ionlovchi nurlanish tavsiflarini o‘lchash vositalari;
  • o‘lchash tizimlarining elementlari. 

Masalan, jismoniy shaxslarning tabiiy gaz, sovuq va issiq suv, shuningdek elektr energiyasi hisoblagichlarini qiyoslash davriyligi 96 oyni tashkil etadi (yuridik shaxslar uchun - 48 oy).

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.02.2025 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid