Gaz hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati 1 sentyabrgacha uzaytirildi
Gaz hisoblagichlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish bo‘yicha iste'molchilar arizalarini ko‘rib chiqish muddati 2020 yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi
Bu qaror Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining 2020 yil 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi. Maqsad – gaz ta'minoti tashkiloti xodimlarining iste'molchilar bilan xavfsiz aloqa qilishi hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida fuqarolar va ishchi xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish.
«Hududgazta'minot» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunda, istisno tariqasida, gaz ta'minoti tashkiloti tomonidan muddati o‘tgan (tugagan) qiyoslov sertifikatiga ega gaz hisoblagichlari ko‘rsatkichlarining tegishli hisobotlarda inobatga olinishiga ruxsat etiladi.
Prezidentning 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388 sonli qarori doirasida, «Hududgazta'minot» AJga gaz nazoratining avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini tatbiq qilish vazifasi yuklatilgan. Bu tizimda iste'molchilarga gaz hisoblagichlarini bepul o‘rnatib berish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025