Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rnatilayotgan yangi elektr hisoblagichlar 10 yilda bir marta davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 698-sonli qarori bilan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma'muriy reglamentlar tasdiqlandi.
2019 yil 1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi yuridik shaxslar uchun – 4 yil, jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etishi belgilangan.
Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Biroq, mazkur reglament talablari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 13 noyabrdagi PQ-3384-son qaroriga ko‘ra, o‘rnatilayotgan hisobga olish uskunalari, shuningdek, o‘lchov komplekslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda o‘rnatilayotgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)da ishlovchi zamonaviy elektr hisoblagichlar 8 yilda emas, 10 yilda bir marta davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

15:40 / 15.02.2025
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

19:05 / 31.10.2023
Elektr energiyasi ulgurji iste’molchilarining 28 foizi ASKUEga ulanmagani ma’lum bo‘ldi

12:21 / 03.08.2022
«Schyotchik»ni qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati faqat DXM yoki «Yagona portal»da amalga oshiriladi

16:00 / 28.05.2021