O‘zbekiston | 13:34 / 12.02.2025
26423
2 daqiqa o‘qiladi

Doniyor Toshxo‘jayev 7 yilga qamaldi

U Komil Allamjonovga suiqasd ishida ayblangan.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

U Komil Allamjonovga suiqasd ishida ayblangan.

Doniyor Toshxo‘jayev ko‘p yillar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020-2022 yillarda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgan, 2024 yil noyabrida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

U ishdan ketganidan bir hafta o‘tib, dekabr oyi boshida qo‘lga olingan. Toshxo‘jayev jinoyatni yashirishga urinish va tergov jarayoniga xalaqit qilishda gumonlangandi.

Mazkur ish doirasida IIVning yana ikki mansabdori — IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Ahrorjon Adhamov hamda Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov ham ishdan olingan edi.

Mavzuga oid