Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi
FVBga ko‘ra yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Foto: FVV
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 11 fevral kuni soat 15:20 da Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan bino yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:28 da yetib borib, yong‘in soat 15:45 da qurshab olingan va 16:05 da o‘chirilgan.
«Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in chiqqani, Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:23
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025