Bir yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura departamentining 2024 yildagi tadbirlarida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlandi. Ularda jami 600 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Foto: Kun.uz
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2024 yildagi tezkor-nazorat tadbirlari davomida tabiiy gaz va elektr energiyasining talon-toroji bilan bog‘liq 1200 dan ortiq huquqbuzarlik holati aniqlandi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda aytilishicha, ularda 600 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.
Farmatsevtika sohasida ham qator huquqbuzarliklar fosh qilindi. 387 ta jinoyat aniqlanib, 38,5 milliard so‘mlik sifatsiz preparatlar va tibbiy buyumlar olib qo‘yildi.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga qaratilgan choralar natijasida 2,8 trillion so‘mlik xarajatlar maqbullashtirildi, 3,1 trillion so‘mlik noto‘g‘ri sarflanishning oldi olindi.
Mahalliy hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fermer va dehqonlar uchun dehqon bozorlarida arzonlashtirilgan savdo rastalari tashkil etildi, 3 059 ta arzonlashtirilgan savdo rastalarining doimiy faoliyati tashkillashtirildi.
Mavzuga oid

11:53
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

16:21 / 05.03.2025
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi

20:43 / 28.02.2025