Germaniya va Fransiya Trampning tahdidlari fonida Daniyani qo‘llab-quvvatlamoqda
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Trampning Grenlandiyaga da’volari fonida Yevropa Ittifoqining uchta poytaxtida Yevropa birligini muhokama qildi.

Mette Frederiksen va Olaf Shols Foto: ODD ANDERSEN/AFP via Getty Images
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen 28 yanvar, seshanba kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan AQShning yangi prezidenti Donald Trampning Daniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Grenlandiya ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olish haqidagi takroriy tahdidlari fonida Yevropa birligi masalasini muhokama qildi. Frederiksen qo‘shma matbuot bayonotida «Yevropa birligi va yaqin hamkorlikni» yanada dolzarb qiladigan «noaniq haqiqatlar» haqida gapirdi, deb xabar beradi AFP.
O‘z navbatida, Olaf Shols «chegaralarni kuch bilan o‘zgartirmaslik» kerakligini ta’kidlab, «kim ta’qib qilishidan qat’iy nazar» ekspansionistik intilishlarni qoraladi.
Daniya bosh vaziri Shols bilan uchrashuvdan so‘ng Parij va Bryusselga tashrif buyurdi va u yerda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashdi. «Siz davlatlar hududlari va suverenitetini hurmat qilishingiz kerak. Bu biz Ikkinchi jahon urushidan beri birga qurgan xalqaro hamjamiyatning asosiy elementidir», — dedi Frederiksen Makron bilan uchrashuvidan keyin.
Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin jo‘natishini istisno etmadi
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Arktikadagi orolga qo‘shin yuborish imkonini istisno etmadi. «Agar Daniya yordam so‘rasa, Fransiya u yerda bo‘ladi», dedi u Sud Radio'ga bergan intervyusida. Shu bilan birga, Barro AQSh Grenlandiyaga bostirib kirishiga ishonmasligini ta’kidladi. «Bunday bo‘lmaydi, odamlar Yevropa Ittifoqi hududiga bostirib kirmayapti», — deydi u.
Bryusselda NATO bosh kotibi bilan uchrashuv chog‘ida Frederiksen «Grenlandiya yoki Daniyaga harbiy tahdid borligiga ishonish uchun hech qanday asos yo‘qligini» aytdi.
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin

01:25 / 20.02.2025
Daniya mudofaa uchun qo‘shimcha 17 mlrd dollar ajratadi

23:05 / 13.02.2025