O‘zbekiston | 09:16 / 23.01.2025
4331
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ikki hududida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatining ayrim hududlarida 23-27 yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Foto: Kun.uz

O‘zgidromet ma’lum qilishicha, bunga shu kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 

Quyidagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor:

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tog‘ tizmasi);
Namangan viloyati: Pop tumani.

Mavzuga oid