Jahon | 14:00 / 20.02.2025
5434
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda “qorli” kurort rahbariyati sayyohlarni yo‘qotmaslik uchun qorni soxtalashtirdi

Kurort vakillari paxta va polimer kukunidan qor uyumlarini yasagan, ammo buni haqiqiy qor deya reklama qilgan.

Foto: Baidu

Xitoyda “qorli qishloq” nomi bilan tanilgan kurort rahbariyati sayyohlarni yo‘qotmaslik uchun sun’iy qor yasadi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Yangi yilni qishki muhitda nishonlamoqchi bo‘lgan xitoyliklar qishloqqa kelganida, paxta va polimer kukunidan yasalgan sun’iy qor uyumlariga duch keldi. Kurortdan joy bron qilish paytida sayyohlar bu yil anomal iliq tufayli qishloqda qor yog‘magani haqida ogohlantirilmagan. Aksincha tashkilotchilar ijtimoiy tarmoqlarda qor bilan qoplangan yonbag‘irlarning suratlarini e’lon qilishgan. Aslida hech qanday qor uyumi hosil bo‘lmagan, daryo ham muz bilan qoplanmagan.

Majmua vakillari tashrif buyuruvchilardan uzr so‘radi. Ular qishki muhitni yaratishga uringanini ta’kidladi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi — mehmonlarning hafsalasi pir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlardan so‘ng “qorli qishloq” ma’muriyati mijozlarga pullarini qaytarishni taklif qildi va dam olish maskanining faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

Mavzuga oid