Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi
DXX sobiq raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimidan ketdi. Uning vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga yuklandi.

Foto: Kun.uz
22 fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo‘lib o‘tadi.
«Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress o‘tkazilgunga qadar O‘FA prezidenti vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti zimmasiga yuklatiladi», – deyiladi tashkilot xabarida.
Abdusalom Azizov O‘FAni 2019 yil 15 iyuldan buyon boshqarib kelayotgandi.
U 2017 yil yanvar–sentabr oylarida ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan, shundan keyin 5 yil davomida Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib, 2024 yil noyabr oyi oxirida ishdan olingandi.
Dekabr oyida u O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Ruslanbek Davletov)ning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mavzuga oid

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

21:04 / 29.11.2024