Bryussel: Ukraina dushman hududiga zarba berishga haqli
Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga ega, bu esa dushman hududiga zarba berishni o‘z ichiga oladi, dedi Yevropa Ittifoqi rasmiysi. Bu Bryusselning Kiyevga nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi.

Foto: Mikhail Metzel/ITAR-TASS/imago
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Piter Stano payshanba, 8 avgust kuni o‘zining qonuniy o‘zini himoya qilish huquqining bir qismi sifatida Ukraina dushmanga «o‘z hududida ham, dushman hududida ham o‘zi mos deb bilgan joyda» zarba berish huquqiga ega ekanligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi pozitsiyasi shundan iboratki, Ukraina noqonuniy tajovuzga uchragan va shuning uchun qonuniy mudofaa urushi olib bormoqda. «Xalqaro huquq asosida Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga ega va bu huquq dushmanga uning hududida zarba berishni ham o‘z ichiga oladi», dedi Stano Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyadagi harbiy amaliyotlari haqidagi savolga javob berar ekan.
Shuningdek, u Kiyev jang maydonidagi strategiyasini o‘zgartirib, Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tganidan keyin Yevropa Ittifoqining Ukrainaga nisbatan rasmiy strategiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi.
Kiyevning Kursk viloyatidagi janglar haqidagi birinchi izohi
Xuddi shu kuni, 8 avgustda Ukraina rasmiylari Kursk viloyatida uchinchi kundan beri davom etayotgan janglar haqida ilk bor izoh berdi. Rossiyaning Kursk va Belgorod viloyatlarida «har qanday kuchayish, o‘qqa tutish, harbiy harakatlar, majburiy evakuatsiya va normal hayot shakllarini yo‘q qilish»ning asosiy sababi «faqat rossiyaliklar tajovuzi», deb yozgan Mixail Podolyak.
U Rossiya hududida janglarning avj olgani uchun javobgarlikni uning prezidentiga yukladi. «Rossiyaning o‘z-o‘zini yo‘q qilishi» konsepsiyasi me’mori Putindan boshqa hech kim emas», - deya ta’kidladi u. Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya cheklovchi huquqiy normalarga bo‘ysunmasligiga va qo‘shni davlatlarga o‘z hududi daxlsizligini ikkiyuzlamachilik bilan talab qilib, jazosiz hujum qilishi mumkinligiga ishonchi komil, ammo urushda «uni boshlagan tomon muqarrar ravishda javob oladi».
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
O‘zbekiston | 12:27
-
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
Jahon | 11:56
-
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 11:36
-
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 11:11
Mavzuga oid

09:50
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda

08:09
Ukraina 2024 yilda 9 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqardi

08:01
«Ramshtayn»: Ukraina 21 mlrd yevrolik harbiy yordam oladi

19:28 / 11.04.2025