«Ramshtayn»: Ukraina 21 mlrd yevrolik harbiy yordam oladi
Ukraina mudofaasi bo‘yicha Kontakt guruhi yig‘ilishida Kiyevga 21 mlrd yevrodan ortiq harbiy yordam ajratilishi e’lon qilindi.

Foto: online.ua
Bu haqda yig‘ilishda chiqish qilgan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili ta’kidlab o‘tgan. Unga ko‘ra, 11 aprel kuni e’lon qilingan yangi yordam «Ramshtayn» guruhi doirasidagi eng yirik harbiy ko‘makdir.
«Bugun e’lon qilingan yangi yordam 21 milliard yevrodan oshib ketdi. Bu Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam bo‘yicha rekord ko‘rsatkich», — dedi Hili.
«Ramshtayn» yig‘ilishi — bu Ukraina mudofaasi masalalari bo‘yicha Kontakt guruhi doimiy uchrashuvlarining shartli nomi bo‘lib, unda dunyo bo‘ylab o‘nlab davlatlar ishtirok etadi. Ilk bunday yig‘ilish 2022 yili Germaniyadagi Amerika harbiy-havo bazasi «Ramshtayn»da bo‘lib o‘tgan va aynan shu joy nomi keyinchalik butun format uchun umumiy atamaga aylangan.
Ushbu uchrashuvlarning asosiy maqsadi — Ukrainaga Rossiyaga qarshi urushda harbiy yordamni muvofiqlashtirish, mudofaa ehtiyojlarini muhokama qilish, qurol yetkazib berish, harbiylarni tayyorlash va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashdir.
«Ramshtayn» ishtirokchilari — NATO a’zolari, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Ukrainaga ittifoqdosh boshqa mamlakatlardir. Ushbu format Ukrainaga tanklar, havo hujumidan himoya tizimlari, artilleriya va boshqa turdagi qurollarni taqdim etish bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida asosiy maydonchaga aylangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
-
Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

22:48 / 12.05.2025
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?

16:55 / 12.05.2025
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

14:24 / 12.05.2025