BMT: Rossiyada ukrainalik asirlarning 95 foizi qiynoqqa solingan
Rossiya Federatsiyasida ukrainalik asirlarni qiynoqqa solish keng tarqalgan va tizimli xarakterga ega, dedi BMT vakili. Daniel Bell ukrainalik asirlar bilan muloqot natijalariga ko‘ra shunday xulosaga kelganini ta’kidladi.

Foto: AFP PHOTO / Telegram channel of Ukrainian President Volodymyr Zelensk
Deyarli barcha ukrainalik harbiy asirlar - 95 foizi - Rossiyada qiynoqqa solinmoqda, dedi BMTning Kiyevdagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi rahbari Daniel Bell NOS niderland telekanaliga bergan intervyusida.
«Ularni metall tayoq va dubinkalar bilan kaltaklashadi, elektr toki bilan qiynoqqa solishadi. BMT nomidan asirlar bilan muloqot qilishda 20 yil davomida ko‘rgan eng yomon narsam. Qiynoqlar keng tarqalgan va tizimli», - deydi Bell. U ukrainalik askarlarni qiynoqqa solish birinchi so‘roqdan boshlanishini ta’kidladi.
BMT vakilining aytishicha, u ukrainalik mahbuslar bilan suhbatlar natijalari asosida shunday xulosaga kelgan.
Rossiya va Ukrainadagi asirlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyi boshida Rossiyada qariyb olti yarim ming ukrainalik asir bo‘lgan, 1400 ga yaqin rossiyalik esa Ukrainada asirlikda. Putin ma’lumot manbasini aytmadi. Urush sharoitida ma’lumotlarning to‘g‘riligini mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas.
O‘z navbatida, Ukraina mart oyi boshida Ukraina asirligida ikki ming rus bo‘lganini da’vo qilmoqda. Kiyev, shuningdek, Moskvani ukrainalik harbiylarni qatl etishda ayblaydi. Ukraina Bosh prokuraturasiga ko‘ra, urush boshlanganidan beri taslim bo‘lgan 110 dan ortiq ukrainalik qatl etilgan. Rossiya harbiy asirlarga nisbatan shafqatsizlik ayblovlarini rad etadi.
Jyeneva konvensiyalari urishayotgan tomonlarni asirlarning normal sharoitda saqlash, ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishni taqiqlash, asirlar qarindoshlari bilan aloqa qilishini ta’minlash va ularga xalqaro gumanitar tashkilotlarga murojaat qilish imkoniyatini berishga majbur qiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

22:54 / 12.04.2025
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

18:34 / 12.04.2025
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

13:58 / 12.04.2025
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi

09:50 / 12.04.2025