Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro jarimaga tortildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudi deputat Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaroni BHMning o‘ttiz baravari (9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev 6 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, unda surxondaryolik fuqaro uni onasidan so‘kkanini ma’lum qilgandi.
Kusherbayevning yozishicha, 23 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudida mazkur holat bo‘yicha ish ko‘rib chiqilgan.
“Sud S.Sultonovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan BHMning o‘ttiz baravari (9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi.
Yakunida menga fuqarolik sudi orqali huquqbuzar S.Sultonovdan ma’naviy zarar undirishim mumkinligi tushuntirildi.
Haqorat javobgarlikka sabab bo‘ladi, haqoratdan tiyilaylik!” deydi deputat.
Mavzuga oid

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

14:41 / 18.01.2025
“Yo‘lovchi ovozini ko‘tarib, janjal chiqargan” – Wizz Air Kusherbayev masalasi yuzasidan munosabat bildirdi

17:27 / 08.01.2025
Rasul Kusherbayev Wizz Air ustidan arz qildi. Aviakompaniya uni qora ro‘yxatga kiritgan

15:34 / 20.10.2024