Navoiyda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi bo‘lgan sug‘urtachi ayol ushlandi
U faoliyat olib boradigan «O‘zagrosug‘urta» ko‘chma do‘konidan 9 nafar fuqaroning shaxsiy hujjatlari, pullar va imtihon varaqalari topilgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB
Navoiyda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.S. haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon topshirish maqsadida Navoiy viloyati IIB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga borganida uni «O‘zagrosug‘urta» ko‘chma do‘konida faoliyat olib borayotgan A.I. suhbatga tortgan. Suhbat jarayonida u S.S.ga 2 mln 300 ming so‘m pul evaziga haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berishni va’da qiladi.
IIV ShXBB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.I. kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, u faoliyat olib borayotgan «O‘zagrosug‘urta» ko‘chma do‘konida 9 nafar fuqaroning shaxsiy hujjatlari, pullar hamda imtihon varaqalari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:09 / 22.02.2025
Yo‘llarda drift qilish, yo‘laklarni «shaxmat» kabi almashtirish – «prava»dan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi

07:10 / 13.12.2024
Ikki hududda fuqarolarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:28 / 27.11.2024
Uch hududda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

13:30 / 22.10.2024