Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki hududda fuqarolarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatining Ohangaron hamda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, “Vatanparvar” tashkiloti Ohangaron shahar klubi o‘rgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.ga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Zarafshon shahrida fuqaro I.I. fuqaro Yu.P.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 dollar va 2,3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

08:30 / 04.07.2025
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

21:14 / 29.06.2025
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi

19:33 / 04.03.2025