Uch hududda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

O‘zbekiston 17:29 835

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, Navoiy viloyatida fuqaro B.N. fuqaro M.J.ning  ishonchiga kirib, unga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali 1 000 dollar evaziga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytgan. So‘ng 700 dollar va 4 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Shahrixon tumanida “Vatanparvar” tashkilotining Andijon tumani klubi o‘rgatuvchi ustasi M.O. va “M.” MChJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi D.P. fuqaro G.A.ga haydovchilik kursini o‘qigani to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 4,5 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, Dehqonobod tumanida fuqaro L.R. fuqaro S.U.ga “Vatanparvar” tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik kursida o‘qigani haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishni aytgan. U 7,8 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: