Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat 12:17 / 22.10.2024 2083

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Pskent tumanida fuqaro X.A. fuqaro M.M.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.U. va A.P. fuqarolar I.E. va I.U.ga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: