Bu yil 7 toifaga alohida davlat granti asosida kvota ajratiladi
2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar 7 toifadagi yoshlar uchun taqdim etiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev yangi o‘quv yilida imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilayotgani haqida ma'lum qildi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich qariyb 5 mingta bo‘lgan.
2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar quyidagi 7 toifa yoshlar uchun taqdim etiladi:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 2799 o‘rin;
- Harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar - 1175 o‘rin;
- Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi idoralar xodimlarining farzandlari uchun - 1175 o‘rin;
- Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun - 705 o‘rin;
- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun - 1400 o‘rin;
- Ijtimoiy kam ta'minlangan toifadagi xotin-qizlar uchun - 940 o‘rin;
- So‘x tumanida yashovchi bitiruvchilar - 500 o‘rin.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun beriladigan tavsiyanomalar bu yil ijodiy va kasbiy yo‘nalish uchun ham amal qiladi. Ilgari bu tavsiyanomalar faqatgina test asosidagi kirish imtihonlari uchun amal qilardi.
Qayd etilishicha, bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul ko‘rsatkichi 36 foizga oshgan.
«Joriy yil bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul 36 foizga oshdi. O‘tgan yili 108 915ta o‘ringa talabalar qabul qilingan bo‘lsa, joriy yil umumiy kvota 148 144taga yetkazildi», dedi Behzod Musayev.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi
Jahon | 18:18
-
Mask 2026 yil oxirida odamsifat robot Marsga uchishini e’lon qildi
Fan-texnika | 18:03
-
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 17:51
-
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

17:59 / 02.08.2024
5 yil staji bor xotin-qizlarga 500 ta kontrakt kvota ajratildi

17:49 / 30.07.2024
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun kvota qanday hisoblandi?

18:57 / 29.07.2024