Kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bunda 500 ta to‘lov-kontrakt kvotasi ajratilgan. Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Maxsus tavsiyanomaga ega qizlar ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy shakllarini tanlay olishlari mumkin.
Tavsiyanomali abituriyent dastlab o‘z balli bilan hamma qatori tanlovda ishtirok etadi. Agar tanlagan 5 yo‘nalishidan birortasiga o‘qishga kirsa, tavsiyanomadan foydalana olmaydi. Agar o‘qishga kirmasa, o‘zi tanlagan birinchi OTMdagi boshqa xuddi shunday tavsiyanomali qizlar bilan tanlovda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma faqat kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi, maktabni tugatib, o‘rta ma’lumot bilan ishlayotganlarga taalluqli emas. Shuningdek, bunday tavsiyanoma faqat kollej/texnikum diplomidagi mutaxassislik bo‘yicha ishlayotganlarga beriladi.