Azar mashg‘ulotda jarohat olib, safdan chiqdi. U bir oygacha qayta olmasligi mumkin

Foto: Bongars/Getty Images
«Real»ning yozgi transferlar oynasidagi eng asosiy xaridi Eden Azar klubdagi rasmiy debyutiga bir kun qolganda jarohat olib, safdan chiqdi.
Klub rasmiy saytiga ko‘ra, Azar 16 avgust kungi mashg‘ulotlarda o‘ng oyog‘ining son qismidan shikastlangan.
Marca`ning yozishicha, 28 yoshli futbolchi 3-4 hafta muddatga safdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Azar «Real»ga mavsumlar oralig‘ida «Chelsi»dan 100 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Bu qiymat bonuslar bilan yana oshishi mumkin.
«Qirollik klubi» ertaga, 17 avgust kuni La Liga doirasida 1-tur o‘yinini «Selta» maydonida o‘tkazadi. O‘yin Vigo shahridagi «Balaidos» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Azar Madriddan 10 mln yevrodan ortiqroqqa uy sotib oldi
Zidan Xames va Beyl, Pogba va Neymar transferlari haqida gapirdi
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025