Sport | 12:30 / 02.03.2025
29097
13 daqiqa o‘qiladi

«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Foto: Fran Santiago/Getty Images

Angliya: Husanovga dam berildi

«Manchester Siti» – «Plimut» – 3:1
Gollar:
Niko O’Rayli 45+1, 76, De Bryuyne 90 – Maksim Taloverov 38.
Manchester Siti: Ortega, Ake (Ruben Diash, 46), Reys, O`Rayli, Lyuis, Gundo‘g‘an, Grilish, de Bryuyne, Makati (Holand, 59), Bernardu Silva, Foden (Niko Gonsales, 83)
Plimut: Xazard, Ogbeta (Puxach, 71), Sorinola (Syuch, 80), Plegesuelo, Katich, Taloverov, Mumba (Xayal, 64), Jabi (Xauton, 64), Boateng, Rayt, Bundu (Baydu, 64).

Chempionshipda qolish uchun kurashayotgan «Plimut» hayron qoldirishda davom etdi. Angliya Kubogining oldingi bosqichida «Liverpul»ni chiqarib yuborgan anderdog jamoa beshinchi raundning birinchi o‘yinida «Siti» darvozasiga birinchi bo‘lib gol urgan va Gvardiolani asosiy tarkib futbolchilari, jumladan Husanovni o‘yinga tashlash orqali o‘yinni qutqarib qolgandi (2:1).

Kataloniyalik mutaxassis muhim o‘yinlar oldidan bu safar ham Husanovga dam berdi va bu safar ham «Plimut» hisobni ochdi. Yevro-2024 chempionatida Ukraina jamoasi safida ishtirok etgan Maksim Taloverov burchak zarbasidan keyin to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi.

Lekin tanaffus arafasida 19 yoshli O'Rayli hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda esa g‘alaba golini urdi. O‘yin oxirida esa De Breyne raqibni uzil-kesil taslim qildi. Endi «Siti» chorakfinalda va Angliya Kubogi — muvaffaqiyatsiz mavsumni kubok bilan yakunlash uchun eng yaxshi imkon.

Ispaniya: «Atletiko» — birinchi

«Betis» – «Real» – 2:1
Gollar:
Kardozo 34, Isko 54 pen – Braim Dias 10.
«Betis»: Adrian, Rodriges, Lorente, Bartra, Sabali (Bakambu, 81), Altimira (Natan, 90), Kardozo, Rodriges (Chimi Avila, 71), Isko, Antoni, Ernandes (Ruibal, 81), Veytes, Gonsales, Natan, Perro, Ruibal, Fornals, Flores, Chimi Avila, Bakambu
«Real»: Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 85), Alaba (Kamavinga, 59), Ryudiger, Vaskes, Braim Dias (Gyuler, 59), Tchuameni, Modrich, Vinisius Junior, Mbappe (Endrik, 75), Rodrigo, Lunin, Gonsales, Fran Garsiya, Asensio, Kamavinga, Gyuler, Andres, Endrik

«Real» «Betis» maydonida mutlaqo haqli ravishda yutqazdi. Amaldagi chempionlar uchun eng alamlisi bunda hal qiluvchi rolni Isko bajargani bo‘ldi. U esa hissiyotlarini yashirib o‘tirmadi.

Andalusiyaliklar uchun o‘yin tezkor gol o‘tkazib yuborish bilan boshlangandi. Mbappe hal qiluvchi ishni bajargan hujumda Braim Dias Mendining pasidan keyin darvozani ishg‘ol etdi. Keyin esa katta sahnaa Isko chiqdi. Uning burchakdan oshirgan uzatmasidan keyin Kardoso hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda Ryudiger jarima maydoni ichida qilgan foldan keyin esa — madridliklarning sobiq futbolchisi penaltidan g‘alaba golini urishi bilan yakunandi. Shunday qilib Pellegrini o‘ninchi urinishda «Real»ni la ligada mag‘lub etoldi, Karlo Anchelotti «Betis»ga ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Ammo bular yakshanba kungi o‘yinda g‘alaba qozonish orqali «Barselona» yakkapeshqadamga aylanib olishi mumkinligi oldida hech narsa emas.

«Atletiko» – «Atletik» – 1:0
Gol:
Xulian Alvares 66.
«Atletiko»: Oblak, Galan, Langle, Le Norman, Molina, Lino (Gallaxer, 59), Barrios (Ximenes, 69), De Pol, Simeone (Lorente, 58), Serlot (Alvares, 59), Grizmann (Korrea, 63)
«Atletik»: Unai Simon, Berchiche, Yyeray Alvares, Vivian, Gorosabel, Xauregisar (Vesga, 81), Ruis de Galarreta (Prados, 64), Uilyams, Unai Gomes (Guruseta, 63), Uilyams, Berenger (Sannadi, 77).

To‘g‘ri, «Barsa» hali cho‘qqiga qaytgan «Atletiko»ni quvib o‘tishi kerak bo‘ladi. «Matraschilar»ga zaxira o‘rindig‘i kengligi qo‘l keldi, Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan dam berilgan Xulian Alvares ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va o‘zining odatiy ishini bajardi. Uning goli Diyego Simeone jamoasidagi jokerlar uchun o‘n oltinchi gol bo‘ldi. Argentinalik mutaxassis
«Metropoliten»dagi darvoza ustuni va to‘sinidan ham minnatdor bo‘lishi kerak. Ular ikki marta adridliklarni qutqarib qoldi. Endi yakshanba kuni «Barselona» javob yurishini amalga oshiradi.

Italiya: «Inter» foydasiga duranglar kuni

«Napoli» – «Inter» – 1:1
Gollar:
Billing 87 – Di Marko 22.
«Napoli»: Meret, Spinatssola (Olivera, 82), Buondjorno, Rraxmani, Di Lorenso, Maktominey, Lobotka, Gilmor (Billing, 79), Raspadori (Okafor, 77), Lukaku, Politano (Ngonj, 82)
«Inter»: Jozep Martines, Bastoni (de Vrey, 80), Acherbi, Bissek, Dimarko (Pavar, 51), Mxitaryan (Frattezi, 80), Chalxanoglu (Zelinski, 51), Barella, Dumfris, Martines, Tyuram (Korrea, 65)

Italiyada hali barchasi hal bo‘lmadi, shanba oqshomida esa hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkazildi. Kunning asosiy omadsizi — «Atalanta» bo‘ldi. Bergamoliklar «Inter» bilan tenglashib olishi uchun bitta gol kifoya qilardi. Buning o‘rniga — o‘z stadionida ketma-ket ikkinchi golsiz durang qayd etildi. Holbuki raqib xavfli zonadagi autsayder edi.

Strategik jihatdan qaralsa, bu o‘yinlardan yutgan «Inter» bo‘ldi. Ular hamon birinchi o‘rinda, ammo yanada qulayroq farq hosil bo‘lishi mumkin edi. Ikki yildan ko‘proq vaqt ichida A Seriyada to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima zarbasidan urilgan birinchi gol (yana Dimarko ijrosida!) g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi, chunki so‘nggi daqiqalarda «Napoli»ni qishda «Bornmut»dan kelgan Billing qutqarib qoldi. Antonio Konte jamoasi qahramonlik ko‘rsatib, intrigani saqlab qolgan bo‘lsa-da, amalda neapolliklar besh turdan beri g‘alaba qozona olmayapti (=4-1).

Germaniya: Girassi Holand izidan

Sankt-Pauli – Borussiya D – 0:2
Gollar:
Girassi - 50, Adeyyemi - 58.
Sankt-Pauli: Vasil, van der Xeyden, Val, Nemet, Ritska (Sinani, 83), Smit, Irvayn, Treu, Saad (Afolayyan, 57), Eggeshtayn (Sisey, 74), Vayshaupt (Saliakas, 83), Foll, Saliakas, Dzvigala, Alstrand, Sisey, Sinani, Afolayyan, Benks, Albers
Borussiya D: Kobel, Bensebayni (Svensson, 74), Shlotterbek, Jan, Yan Kouto, Gross, Zabitser, Bayyer (Ozdjan, 89), Reyna (Chukvuemeka, 74), Adeyyemi (Gittens, 83), Girassi (Brandt, 89), Mayyer, Anton, Svensson, Zyule, Ozdjan, Brandt, Chukvuemeka, Dyuranvil, Gittens

Hamburgdagi o‘yinning birinchi bo‘limida «Borussiya»ning ishlari yurishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa barchasini Adeyyemi hal qildi. Butun mavsum davomida jarohatlardan aziyat chekkan forvard o‘zi haqida eslatib qo‘ydi va sakkiz daqiqa ichida o‘yindagi intrigaga barham berdi. Birinchi golda Karimning nomi protokoldan o‘rin olmagan bo‘lsa-da, uning goldagi ulushini 95 foizga baholash mumkin. U havodagi to‘pni fantastik harakat bilan qabul qilib, darhol joyia o‘girildi va himoyachini aldab o‘tib, darvozabon maydonchasiga pas berdi.

Girassi ilk zarbasidayoq gol ura olmasdan Adeyyemini golli passiz qoldirdi va faqat qaytgan to‘pni darvozaga kiritdi. Ikkinchi golda esa barchasi osonroq kechdi. Bayyerning maydonning ikkinchi qismidan bergan uzatmasidan keyin Adeyyemi avvaliga bir raqibni to‘p uchun kurashda yengib chiqdi, keyin boshqasini fint bilan ortda qoldirdi va darvoza to‘rini osonlik bilan ishg‘ol etdi. Girassida esa — ajoyib ko‘rsatkich. Barcha turnirlar doirasida mavsumdagi 24 gol — «Borussiya» tarixidagi uchinchi ko‘rsatkich. Bundan yuqoriroq natija faqat Holandda bo‘lgan (41 va 29 gol).

«Ayntraxt» – «Bayyer» – 1:4
Gollar:
Ekitik - 37 – Tella - 26, Mukiyele - 29, Shik - 33, Garsiya - 62. 
«Ayntraxt»: Trapp, Teate, Kox (Batshuayi 71), Kristensen, Braun (Nkunku 78), Larsson (Hoylund 46), Gyotse, Sxiri, Knauff (Kollinz 46), Vai (Baoyya 72), Ekitik.
«Bayyer»: Gradetski, Ermoso, Ta, Mukiyele, Grimaldo, Tella (Bonifase 77), Virts (Hofmann 83), Chaka (Palasios 77), Aleish Garsiya, Frimpong (Buendia 83), Shik (Adli 58).

«Ayntraxt» qatorasiga ikkinchi hafta turning markaziy o‘yinida hafsalani pir qilmoqda. Bundesliganing uchinchi jamoasi o‘tgan turda «Bavariya» mehmoni bo‘lib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi, endi esa «Bayyer» ham o‘z maydonida «burgutlar» ustidan g‘alaba qozondi. Leverkuzenda har turda barcha olqishlar Virs sha’niga yangrashiga barcha ko‘nikib qolgan. Bu safar Chaka ham e’tirof etildi, u mart oyining birinchi kunida o‘zining shaxsiy rekordini takrorladi va mavsumda yettinchi golli uzatmasini amalga oshirdi. Umuman, bundesliganing bu mavsumida «Bavariya», «Bayyer» va boshqalar bor. «Ayntraxt» esa kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolish istiqbollari haqida o‘ylashi kerak. Inqirozni boshdan kechirayotgan «Leypsig»ni mag‘lub etib (2:1) to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan «Mayns» uchinchi o‘ringa ham tahdid sola boshladi. Yakshanba kuni esa «Frayburg» ham g‘alaba qozonib, «burgutlar»ga yetib olishi mumkin. Birinchi va ikkinchi o‘rinlar band qilib bo‘lingan, chempionatdagi asosiy intriga YeChLga yo‘llanma beruvchi uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar uchun kechadi.

Fransiya: Enrikening mashinasi

«PSJ» – «Lill» – 4:1
Gollar:
Barkola 6, Markinos 22, Dembele 28, Due 37 – Devid 80.
«PSJ»: Donnarumma, Mendesh (Pacho, 62), Beraldo, Markinos, Hakimi (Zair-Emeri, 62), Joau Nevesh (Vitinya, 63), Fabian Ruis, Due (Li Kan In, 75), Barkolya, Gonsalu Ramush, Dembele (Kvaratsxeliya, 63).
«Lill»: Shevale, Gudmundsson (Ismaili, 86), Alessandro, Diakite, Mene, Andre, Bentaleb, Bakker (Haraldsson, 46), Gomes (Mbappe, 46), Mukau (Buaddi, 63), Akpom (Devid, 63).

O‘tgan mavsumlarda Luis Enrikeni qattiq tanqid qilishgandi. Ammo qaysar yulduzlar ketishdi, murabbiy tizimni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi va yarim yil ichida parijliklar haqiqiy mashinaga aylanishdi, ba’zilar allaqachon Chempionlar Ligasidagi g‘alabani kutmoqda. Bu, albatta, mubolag‘a, lekin «PSJ»dagi o‘sish chindan ham kuchli sezilmoqda. Shu darajadaki, turning asosiy o‘yini yakunida «Lill» haqida bir og‘iz gap yetarli bo‘ldi: Jamoa safida Devid gol urdi, u hozirda 105 gol bilan XXI asrdagi Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan tamom.

«PSJ»ning ustunligini baholash uchun esa — uchinchi golli kombinatsiyada mehmonlar himoyasi qanday yorib o‘tilganiga qarash mumkin. Dembelening mavsumdagi 18-goli tort ustidagi gilos bo‘ldi. Agar mamlakatning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Shevale bo‘lmaganida, «Lill» uchun hammasi yanada yomonroq tugashi mumkin edi. Enrike esa imi-jimida Fransiya chempionati rekordchisiga aylandi. Bir o‘yinda o‘rtacha 2,38 ochko to‘plagan mutaxassis yo‘q. Bu borada undan keyin parijliklarning oldingi bosh murabbiylari Unai Emeri (2,37) va Tomas Tuxel (2,37) bormoqda. «PSJ»da esa Loran Blan davridan beri qatorasiga o‘n o‘yindagi g‘alabali seriya umuman bo‘lmagan. Bu chempionatda ham asosiy kurash ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun kechadi.

Mavzuga oid