Gvatemala AQSh ortidan Al-Qudsda elchixonasini ochdi

Foto: REUTERS/Ronen Zvulun/Pool
16 may kuni Gvatemala Al-Qudsning g‘arbiy qismida elchixonasini ochdi. Bu voqea AQSh ushbu shaharda o‘z elchixonasini ochgandan 2 kun o‘tib yuz berdi. Shu tariqa Gvatemala Al-Qudsda o‘z elchixonasini ochgan 2-davlat bo‘ldi.
Jerusalem Post nashrining muhokama qilishicha, elchixona ochilishida Gvatemala prezidenti Jimmi Morales va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishtirok etgan.
Netanyaxu 70 yil avval Gvatemala AQShdan keyin Isroilni tan olgan ikkinchi davlat bo‘lganini eslab o‘tgan.
“Siz har doim birinchilar orasidasiz. Biz do‘stlarimizni doim eslaymiz va Gvatemala o‘shanda ham do‘stimiz bo‘lgan, hozir ham do‘stimizdir”, deb aytgan Netanyaxu.
14 may kuni Al-Qudsda AQShning Tel-Avivdan ko‘chirilgan elchixonasi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

00:49 / 11.02.2025
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi

18:21 / 08.11.2024
Gvatemalada sobiq Bosh shtab boshlig‘i uchun qariyb 3 ming yil qamoq jazosi so‘raldi

23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi

22:45 / 19.08.2024