OAV Suriya bazalariga hujum haqida qo‘shimcha ma'lumot berdi

Foto: Reuters /Omar Sanadiki
Suriya armiyasining Xama va Halab viloyatlaridagi bir nechta harbiy bazasi raketalar hujumiga uchradi. Bu haqda Reuters Suriya davlat televideniyesiga asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, Suriya armiyasining Halab yaqinidagi qurol ombori aviazarbadan so‘ng yonib ketgani ma'lum qilingandi.
Suriyalik harbiylarning aniqlik kiritishicha, bazalarga «dushmanlar» raketalari bilan hujum qilingan. Ular batafsil ma'lumotni keltirishmadi.
Agentlikning Suriya muxolifatidagi manbasi aytishicha, prezident Bashar Asad tomonida jang qilayotgan shia ko‘ngillilari uchun yollash punkti sifatida mashhur bo‘lgan 47-brigada bazasiga zarba berilgan. Razvedkadagi manbaning qayd etishicha, ko‘ngillilarning bir nechta qo‘mondonlik punkti hujumga uchragan.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, natijada qurbonlar bor. Biroq ushbu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi.
Mavzuga oid

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

16:19 / 09.03.2025