Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi
Kelishuv Suriya shimoli-sharqidagi kurd muxtoriyati ma’muriyatining fuqarolik va harbiy institutlarini Suriyaning yangi hukumatiga birlashtirishni ko‘zda tutadi.

Foto: SANA/Handout/REUTERS
Suriyaning yangi hukumati 10 mart, dushanba kuni Suriya demokratik kuchlari (SDF) bilan kurd muxtoriyati ma’muriyatining fuqarolik va harbiy institutlarini Suriya hukumatiga birlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shartnoma Suriya shimoli-sharqidagi aniq hududlarni, jumladan, chegara postlari, aeroport va neft-gaz konlarini belgilaydi. Kelishuv 2025 yil oxirigacha amalga oshirilishi kerak, deb xabar beradi AFP.
2024 yil dekabrida Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng, Ahmad al-Shar’a boshchiligidagi Suriyaning yangi hukumati Suriyada faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarni tarqatib yuborishga va butun mamlakat hududi ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilmoqda.
Suriya g‘arbida Asad tarafdorlariga qarshi kurash
SDF bilan kelishuvning imzolanishi Suriyaning g‘arbiy qismidagi, asosan alaviylar istiqomat qiladigan qirg‘oq mintaqasida, Suriya diktatori Asad mansub bo‘lgan jamoatlarda janglar va ommaviy sudsiz qotilliklar yuz berayotgan paytda sodir bo‘ldi.
Huquq faollariga ko‘ra, Suriyaning qirg‘oq bo‘yidagi Latakiya va Tartus viloyatlari shaharlari, qishloqlari va tog‘larida «xavfsizlikni tiklash» bo‘yicha to‘rt kun davomida «Asad jangarilari va ularni qo‘llab-quvvatlayotganlarga qarshi» operatsiya davomida 1500 ga yaqin odam halok bo‘lgan, ularning aksariyati tinch aholidir.
Suriya prezidenti vazifasini bajaruvchi Ahmad al-Shar’a operatsiya yakunlanishini izohlar ekan, Asad tarafdorlari guruhlarini harbiy harakatlar tashabbuskorlari deb atagan va tinch aholiga qarshi repressiyalarda aybdorlarni jazolashga va’da bergan.
Mavzuga oid

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

00:07 / 16.04.2025