Suriyada ikki kunlik to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
Suriyada sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari va hukumat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar kamida 745 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

Foto: AP Photo / Omar Albam
Suriya g‘arbidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarida alaviylar tomonidan 7 mart kuni boshlangan isyon oqibatida mingdan ortiq inson halok bo‘ldi, deb xabar beradi Associated Press.
Suriya inson huquqlarini kuzatish observatoriyasi (SOHR) ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyaning yangi hukumati hamda hokimiyatdan ag‘darilgan sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari o‘rtasida ikki kundan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar davomida kamida 745 nafar tinch aholi o‘ldirilgan.
Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida hukumat xavfsizlik kuchlarining 125 nafar hamda Asadga bog‘liq qurolli tuzilmalarning 148 nafar jangchisi ham bor.
SOHR ushbu isyonni «Hay’at Tahrir ash-Shom» harakati 2024 yil dekabrda Asad rejimini ag‘darganidan beri Suriyada kuzatilgan eng qonli voqea deb atamoqda.
To‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. Shu paytgacha to‘qnashuvlar asosan lokal ko‘rinishda bo‘lib, tezda to‘xtagan. Agar yangi hokimiyat alaviylar qo‘zg‘olonini tezda bostira olmasa, bu boshqa jamoalar bilan ziddiyat kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq Suriya markaziy hukumat kuchlari alaviylar qo‘zg‘oloni boshlangan O‘rta Yer dengizi sohilidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarini nazorat ostiga olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 8 mart holatiga ko‘ra, hukmron islomiy «Hay’at Tahrir ash-Shom» harakati bilan aloqador armiya va jangarilar mintaqadagi aholi gavjum hududlarda reyd o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

00:07 / 16.04.2025