Bo‘z va Ulug‘nor tumani profilaktika inspektorlariga xizmat sumkalari topshirildi

Foto: KUN.UZ
Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarning ish faoliyatini takomillashtirish uchun o‘ziga xos yangilik joriy etdi. Boshqarma tomonidan tayanch punktlari inspektorlariga xizmatda foydalanish uchun qulay va barcha anjomlarga ega sumkalar berildi.
8 aprel kuni Bo‘z tumanida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov raisligida viloyat IIB xodimlari bilan “Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mazkur yo‘nalish bo‘yicha viloyatda 2018 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida Bo‘z va Ulug‘nor tumani tayanch punktlari inspektorlariga xizmat sumkalari topshirildi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid

09:12 / 02.02.2025
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi

14:48 / 22.10.2024
Narkokurerga yordamlashgan profilaktika inspektori uzoq muddatga qamaldi

09:10 / 07.08.2024
Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi

14:07 / 30.11.2022