Profilaktika inspektori qotili qo‘lga olindi
Ichki ishlar xodimining hayotiga tajovuz qilgan shaxs protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilgan erkak qo‘lga olingan. Bu haqda ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 30 yashar erkak chora ko‘rish uchun protsessual tartibda prokuratura organlariga topshirilgan.
Avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi 30 noyabr kuni soat 00:50 larda o‘ldirib ketilgani haqida xabar bergandik.
Tumandagi G‘alaba mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borgan katta leytenant N.Bobomurotov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida halok bo‘lgan. Dastlabki xabarda voqea joyidan yashiringan qotil muqaddam sudlangani ma’lum qilingandi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

20:21 / 04.03.2025
“Daraxtlar atay quritilgan” – Toshkentda yashil zona yo‘q qilinib, o‘rnida qurilish boshlanmoqda

18:08 / 28.02.2025
10 yil oldin Boris Nemsov o‘ldirilgandi. Bu jinoyat tashkilotchisi va buyurtmachisi hamon topilmagan

17:37 / 28.02.2025