Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi
Qamashi tumanida nizoli oilani yarashtirish uchun borgan profilaktika inspektori 40 yoshli erkakning hujumiga uchradi. Fuqaro uning qo‘lidan pichoqni olayotgan xodimga tan jarohati yetkazgan. Olgan jarohatiga qaramay, profilaktika inspektori fuqaroning qo‘lidan oshxona pichog‘ini tortib olib, uni zararsizlantirgan.

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida profilaktika inspektori janjalli vaziyatda fuqaroning qo‘lidan pichoqni olish jarayonida jarohatlandi. Kun.uz holatni o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29 yanvar kuni Qamashi tumani Qoratepa mahallasining Shakar kishlog‘ida yashovchi 40 yoshli erkak 1990 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan.
Oilaviy kelishmovchilikdan so‘ng ayol yashash uchun ota-onasining uyiga ketib qolgan. Ikki kundan so‘ng, ya’ni 31 yanvar kuni esa u telefon orqali hudud profilaktika inspektori Ilyos Husanovga janjal yuzasidan murojaat qilgan.
Profilaktika inspektori fuqaro murojaatiga asosan uni turmush o‘rtog‘i bilan yarashtirish maqsadida mahalla yettiligi vakillari bilan birga borgan. Bu holdan norozi bo‘lgan erkak janjal ko‘targan hamda o‘z farzandini olib ketmoqchi bo‘lgan ayolga qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan tahdid qilgan.
Jarayonda profilaktika inspektorlari Ilyos Husanov va Azamat Tursunov erkakning qo‘lidan pichoqni olishga harakat qilgan. Shu vaqtda huquqbuzar pichoq bilan Ilyos Husanovga tan jarohati yetkazgan. Olgan jarohatiga qaramay, profilaktika inspektori erkakning qo‘lidan oshxona pichog‘ini olib, uni zararsizlantirgan.
Shundan so‘ng jarohat olgan Ilyos Husanov tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
“Hozirgi kunda sog‘ligim yaxshi, shifokorlar kerakli muolajalarni qilishmoqda. Bo‘lib o‘tgan holatda tan jarohati olaman deb o‘ylamagandim. Maqsadim voyaga yetmagan bola va fuqarolar tinchligini saqlash edi”, deydi Ilyos Husanov.
Profilaktika inspektorining qonuniy talabiga rioya qilmasdan pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi, ya’ni hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Erkak protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyati BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

20:39 / 02.07.2025
Xo‘jaobodda qotillik qurboni bo‘lgan profilaktika inspektori so‘nggi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi

15:11 / 28.06.2025
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

09:33 / 15.06.2025